Huawei 1
Ayrim toifadagi fuqarolar uchun 5 mingdan ortiq imtiyozli transport kartalari tarqatildi

Respublikada jamoat transportidan keng foydalanilib kelinishi mazkur sohani rivojlantirishga boʻlgan ehtiyojni oshirdi.

Bugungi kunda Respublika boʻyicha 3903 ta yoʻnalishlar mavjud boʻlib, shundan 3094 tasi faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, 809 ta yoʻnalish talabgor mavjud boʻlmaganligi bois faoliyati toʻxtatilgan. Mavjud yoʻnalishlarning 774 tasi (621 faoliyat koʻrsatayotgan) shahar, 2756 ta (2184) shahar atrofi, 282 ta (198) viloyat hududi shaharlararo va 91 ta (91) shaharlararo yoʻnalishlardan iborat. Yoʻnalishlarda 38 926 ta avtotransport vositalari faoliyat koʻrsatib, shundan 5 506 tasi avtobusga toʻgʻri keladi.

Bundan tashqari Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiya davlatlariga 22 ta muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyildi. Ushbu davlatlarga qatnovchi avtobuslarda 2023-yil 9 oyi davomida oʻrtacha 337 ming ta yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatilgan.

Hisobot davrida respublika boʻyicha jami 166 ta ochiq tender oʻtkazilib, ularda 1847 ta yoʻlovchi tashish boʻyicha yoʻnalishlari joylashtirildi. Shundan 314 ta shahar ichida, 1345 ta shahar atrofi, 127 ta viloyat hududi shaharlararo va 61 ta shaharlararo-viloyatlararo yoʻnalishlardir.

2023-yilda 28 ta avtobus va 48 ta yoʻnalishli taksi, jami 76 ta yangi yoʻnalish tashkil etildi. Ushbu yoʻnalishlarda 141 ta avtobus, 75 ta mikroavtobus va 304 ta “Damas” rusumli avtomobillar aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Prezident qarorlari va dasturlarga muvofiq respublika boʻyicha jami 1 137 ta yangi avtobuslar (Toshkent shahrida 1000 ta, hududlarda 137 ta) hamda 305 ta mikroavtobus olib kelinib, yoʻlovchi tashish yoʻnalishlariga joylashtirildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) “Yashil shaharlar” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Samarqand shahar jamoat transporti uchun 350 ta elektr avtobuslar xarid qilish hamda ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasi doirasida 2023-yilda 100 ta elektrobuslar olib kelish boʻyicha xalqaro tender oʻtkazilib, unda Yutong kompaniyasi gʻolib boʻlgan. Bugungi kunda dastlabki 6 dona avtobus yetkazib berilgan boʻlib, avtobuslar Samarqand shahrini “Boqiy shahar” majmuasi bilan bogʻlovchi yoʻnalishda faoliyat koʻrsatmoqda.

Dasturlarga muvofiq joriy yilda 742 ta avtobus bekati hamda 23 ta avtovokzal va avtostansiyalar qurilishi va rekonstruksiyasi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 2 ta avtovokzal qurilib, foydalanishga topshirildi, Namangan viloyatida 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi.

Shu bilan birgalikda:

– “ATTO” mobil ilovasida haydovchilar faoliyatini yoʻlovchilar tomonidan baholash imkoniyati yaratildi va mexanizm ishga tushirildi.

– “ATTO” mobil ilovasida Toshkent shahridagi jamoat avtobuslari harakatlanishini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

– Transport vazirligining “Info.uztrans.uz” korporativ axborot tizimi ishga tushirildi.

– “Uztrans” interaktiv axborot tizimi tarkibida respublika xaritasida avtovokzal va avtostansiyalar joylashuv nuqtasi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab oluvchi dastur ishlab chiqildi.

– Shaharlararo va viloyatlararo qatnovchi avtobuslarga elektron chipta sotishga moʻljallangan “avtoticket.uz” platformasida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan respublika, shuningdek xalqaro yoʻnalishlar uchun onlayn chipta sotish mexanizmi ishga tushirildi. Bundan tashqari, ushbu platforma “Paynet” platformasiga integratsiya qilindi. Natijada, “Paynet” shoxobchalarida shaharlararo va viloyatlararo qatnovchi avtobuslar uchun chipta xarid qilish imkoniyati yaratildi.

– Jamoat transportidan foydalanishda yoʻlovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron toʻlovlarni ommalashtirish maqsadida bir soat ichida bir yoʻnalishli yoʻlovchi transportidan boshqasiga oʻtish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklanmagan tariflar joriy etilmoqda.

Maʼlumot o'rnida, Toshkent shahri, Samarqand va Andijon viloyatlarida joriy etildi.

– yoʻnalishlarda yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar belgilanadi.

– avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi Toshkent, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida joriy etildi.

– 2024-yil 1-iyun kunigacha Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida joriy etiladi.

– shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqiga ega ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozli transport kartalari joriy etildi. Joriy yil yanvar – oktyabr oylari davomida 5 mingdan ziyod fuqarolarga imtiyozli transport kartalari tarqatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты