Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rgatiladi

Oksford universitetining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida endilikda o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi, deya ma’lum qildi ayni vaqtda Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan Saida Mirziyoyeva.

Oksford universitetiga tashrif vaqti u o‘zbekistonlik ayollarni ruhlantirish va ularning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish missiyasini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi uchun universitet mukofoti bilan taqdirlanibdi, u boshliq delegatsiya esa Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan ham tanishibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101618 | Инструменты