Yil boshidan beri 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga berilgan

O‘zbekistonda 2025-yilning 9 oyida 155 nafar 15-17 yoshdagi qiz erta turmushga berilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov ma’lum qildi.

"Erta turmush qurish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlardan ko‘plab nogiron farzandlar tug‘ilish ehtimolini zamonaviy tibbiyot isbotlagan", dedi u.

Shuningdek, vazir xotin-qizlarning intervalga rioya qilmagan holatda bir kalendar yilida ikki marta homilador bo‘lish holatlari, nimjon, salomatligiga putur yetgan farzandlarning dunyoga kelish holatlari ham prezident boshchiligida o‘tkazilgan selektorda eslab o‘tilganini aytdi.

Xudayarovning ta’kidlashicha, yuqoridagi holatlar bo‘yicha aholi orasida keng qamrovli va ta’sirchan targ‘ibot usullari o‘tkaziladi. "Agar mana shunday holatlar takrorlanadigan bo‘lsa, buni mahalla darajasida muhokama qilib, bartaraf etish choralari ko‘riladi", - dedi vazir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101618 | Инструменты