“Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3697-son, 28.10.2025-y.)
Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Bank faoliyatini amalga oshirganiga uch yildan oshmagan banklar I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitali eng kam miqdorining 70 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
I darajali asosiy kapital quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi, jumladan:
- qo‘shilgan kapital – oddiy aksiyalar joylashtirilishida ularning nominal qiymatidan yuqori to‘langan summa;
- taqsimlanmagan foyda;
- o‘tgan yillardagi qoplanmagan zararlar va joriy yil zararlari.
Kredit tavakkalchiligi bankning aktivlari hamda kredit tavakkalchiligi mavjud bo‘lgan balansdan tashqari hisobvaraqlari, shu jumladan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103012 | Инструменты