Banklarga o'rnatiladigan makroprudensial normativlarga doir talablar belgilandi

«Banklarga o'rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo'yicha to'lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to'g'risida» gi nizom (ro'yxat raqami: 3618, 22.04.2025-y.) Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Mazkur Nizom banklarga, shu jumladan mikromoliya banklariga (bank) qo'yiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo'yicha to'lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablarni belgilaydi.

Nizomga ko'ra, banklarga o'rnatiladigan makroprudensial normativlarga quyidagilar kiradi:

- qarz yuki ko'rsatkichi;

- kreditning garovga nisbati ko'rsatkichi;

- kreditlar (mikroqarzlar) kesimida to'planish (konsentrasiya) koeffisientlari.

Bank tomonidan qarz oluvchiga kredit (mikroqarz) berilishida uning qarz yuki ko'rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim.

Shuningdek, bank tomonidan qarz oluvchiga beriladigan kredit (mikroqarz) bo'yicha foiz to'lovlari hamda boshqa to'lovlar yig'indisi kreditning (mikroqarzning) asosiy qarz qoldig'iga nisbatan kunlik 0,25 foizdan oshmasligi lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22002 | Инструменты