"Milliy tiklanish" partiyasida "Tashqi yozuvlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ustida ish boshlandi, dedi partiya rahbari Alisher Qodirov.
"Toshkentdan boshlab barcha shaharlarimizda tashqi yozuvlar, eʼlonlar va ko‘rsatmalar boshqa tillarda, hatto boshqa alifbo yordamida yozilishi jiddiy muammo!" — deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha tashqi yozuvlar, eʼlonlar va ko‘rsatmalar o‘zbek tilida bo‘lishi shart. Zarur hollarda ular boshqa tillarda ham takrorlanishi mumkin.
"Eng muhim milliy qadriyat bo‘lgan o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabatimiz tubdan o‘zgarishi kerak. Birinchi navbatda, tadbirkorlar, mulkdorlar va davlat boshqaruvi organlari o‘zbek tiliga hurmat ko‘rsatib, qonunga rioya qilishda namuna bo‘lishi kerak. Jamiyat bu masalada prinsipial bo‘lishi kerak," — deya qo‘shimcha qildi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11722 | Инструменты