Barselonada o'simliklar uchun konsert tashkil qilindi
Barselona shahrida joylashgan "Litsey" deb nomlangan Katta opera teatri o'simliklar uchun konsert tashkil qildi. Reuters axborot agentligining xabar qilishicha, repetitsiya paytida konsert zaldagi o'rindiqlarga odamlar o'rniga o'simliklar joylashtirib chiqilgan.
Mazkur loyihadan asosiy maqsad sahnada chiqish qilayotganlar uchun muxlislarning ahamiyati qay darajada yuqori ekanini namoyish qilish, shuningdek, odamzotning hozirgi holati haqida fikr yuritishga chaqirishdan iborat.
Konsertdan so'ng o'simliklar COVID-19 ga qarshi kurashayotgan tibbiyot sohasi vakillariga sovg'a qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51101 | Инструменты