Huawei 1
“Batik Air” aviakompaniyasi Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Joriy yilning 15-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:58 da “Batik Air” aviakompaniyasi borti Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirib, Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi. 

Shu munosabat bilan “Toshkent” aeroportida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi, Malayziyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Turizm qoʻmitasi vakillari, jurnalistlar, aviaspotterlar hamda parvozning ilk yoʻlovchilari ishtirok etdi.

Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar haftasiga bir marta juma kunlari Boeing 737 va Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Kelajakda aviatashuvchi reyslar chastotasini oshirish hamda mintaqadagi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

“Batik Air” – Indoneziyaning “Lion Air” loukoster aviakompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Jakartada joylashgan aviakompaniya muntazam ravishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты