Huawei 1
“Baxti Tashkentskiy” qoʻlga olindi

Toshkent shahrida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlangan. Jumladan,

  1. 1971-yilda tug‘ilgan Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);
  2. 1980-yilda tug‘ilgan Sharipov Dilshod Tulkinovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
  3. 1972-yilda tug‘ilgan Mirzaxanov Anvar Babarajabovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).

Bu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan. Jinoyat ishi doirasida  gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullayev, A.B.Mirzaxanov, D.T.Sharipovlar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi IIBB bayonotida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120414 | Инструменты