Huawei 1
"Baxti Tashkentskiy"ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudining 2024-yil 19-iyuldagi hukmiga ko‘ra, "Baxti Tashkentskiy" nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning o‘g‘illari, akasi — jami 37 kishi ishi jinoiy jazoga tortilgandi.

Toshkent shahri sudi axborot xizmatining "Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, mazkur hukm ustidan sudlanuvchilarning advokatlari tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritilgan. Shunga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ishni ko‘rib chiqish 6-sentyabrdan boshlandi.

Sud ishida 8 nafar sudlanuvchi — Baxtiyor Qudratullayev, uning akasi Shuxrat Qudratullayev, Feruz Vafoyev, Matlub Mirzoyev, Anvar Mirzaxonov, Fayziddin Kamolov, Asadullo Jo‘rayev va Mahmudjon Usmonboyev, ularning advokatlari hamda 3 nafar manfaatdor shaxs qatnashmoqda.

Kun.uz`ning yozishicha, Baxtiyor Qudratullayev apellyatsiya shikoyatida jinoiy uyushma tashkil etish va tovlamachilik jinoyatini sodir etmaganini, qilmishlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati tarkibi mavjud emasligini, ayblovdagi o‘ndan ortiq epizodga aloqasi va daxli bo‘lmagani sababli qator ayblovlar bo‘yicha oqlov hukm chiqarib, hukmning xavfli retsidivist deb topishga oid qismini bekor qilishni so‘ragan.
Ma’lum qilinishicha, sudi ishi 13-sentyabr kuni davom ettiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11513 | Инструменты