18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahrida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
Bekobod shahridagi O‘zbekiston metallurgiya kombinati mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Prezident mazkur kombinatda ishlab chiqarish jarayonlari va amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan umumiy qiymati 634,5 million dollarlik 6 ta yirik yangi, istiqbolli loyihalar taqdimotida qatnashdi. Mazkur korxonalarning to‘liq ish boshlashi bilan mahalliy va xalqaro bozorlarga mahsulotlar ishlab chiqarilib, 2800 dan ortiq yangi ish o‘rni vujudga keladi.
Korxona faollari, yoshlar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot chog‘ida soha istiqboli, malakali kadrlar tayyorlash, raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarish kabi masalalar bilan birga ishchi-xizmatchilar ijtimoiy muhofazasiga ham e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari bu borada fikr bildirar ekan, ular uchun imtiyozli kreditlar asosida, arzon, ko‘p qavatli uy-joylar qurish lozimligini qayd etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50609 | Инструменты