Huawei 2
Bekobod shahriga yangi hokim tayinlandi

Joriy yilning 24-may kuni Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining navbatdan tashqari 66-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati hokimi v.b. Zoyir Mirzayev Bekobod shahar hokimi lavozimiga Babayev Nasrullo Nurillayevich nomzodini tavsiya etdi.

Deputatlar muhokamasidan so‘ng, u shahri hokimi vazifasiga tasdiqlandi.

Nasrullo Babayev 1985-yilda Bekobod shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini bakalavr (kunduzgi), 2007-yilda mazkur oliygohning magistrligini (kunduzgi) tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga