Huawei 1
Bemor bo‘lganda qanday mahsulotlardan saqlanish kerak?

To‘g‘ri ovqatlanish va ko‘proq suv ichish immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, shamollash bilan kurashish va tiklanishga yordam beradi. Ammo noto‘g‘ri ovqatlanish betob inson holatini yomonlashtirishi yoki immunitet faoliyatini susaytirishi mumkin.

Organizm kasallik bilan kurashayotganda alomatlarni kuchaytiradigan yoki immunitetni tushiradigan, tiklanishni kechiktiradigan mahsulotlardan voz kechish muhim. Quyida ularning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.

Tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar

Ko‘p miqdorda shakar isteʼmol qilish immunitet funksiyasini susaytirishi va organizmda yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Meva, sabzavot, butun don va dukkakli ekinlarda mavjud bo‘lgan tabiiy shakardan xavotirlanishga o‘rin yo‘q.

Ko‘pgina qayta ishlangan va shakarli oziq-ovqatlarda, masalan, qamish shakar, jigarrang shakar, jigarrang guruch siropi, agava va boshqalardagi qo‘shimcha shakarlarni isteʼmol qilishni minimallashtirishga harakat qiling.

O‘zingizni yomon his qilganingizda, qayta ishlangan va shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni cheklash yoki undan voz kechish maqsadga muvofiq. Uning o‘rniga tabiiy va yangi tayyorlangan taomlarni isteʼmol qilgan afzal.

Spirtli ichimliklar

Ularning tarkibida ozuqa moddalari yo‘q. Qolaversa, alkogol organizmni suvsizlantiradi va immunitet tizimini zaiflashtirishi, infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytirishi mumkin.

Sitruslar

Barcha sitrus mevalar immunitet uchun juda muhim bo‘lgan S vitaminiga boy. Aksariyat insonlar uchun bunday neʼmatlar kasallik paytida foydali. Biroq baʼzilar, ayniqsa, tomoq og‘rig‘idan aziyat chekayotganlar uchun sitrusning kislotasi og‘riqni yana-da kuchaytirishi mumkin.

Sut mahsulotlari

Sut, yogurt, pishloq va muzqaymoq kabi sut mahsulotlari tarkibida laktoza deb nomlanuvchi sut shakari mavjud. Laktoza isteʼmoli zararli bo‘lgan baʼzi odamlar uni hazm qilishda muammolarga duch keladi, bu esa oshqozon bilan bog‘liq muammolar, burun oqishi yoki bitishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yog‘li ovqatlar

Ko‘pgina tezpishar yog‘li ovqatlardan saqlaning. Betoblik vaqtingizda bekon, kolbasa mahsulotlari, sut, qaymoq, sariyog‘, qovurilgan taomlar va shirin pishiriqlardan tiyilganingiz maʼqul.

Ushbu oziq-ovqatlarda kasallik paytida immunitet tizimi uchun zarur bo‘lgan vitamin va minerallar kam. Shuningdek, ular hazm qilinishi qiyin. Ayniqsa oshqozon infeksiyasi bilan og‘riyotganlar uchun bunday ovqatlar xavf tug‘dirishi, tabiiy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101018 | Инструменты