"Biz oilani mustahkam bo'lishini avvaldan, ya'ni ota-onalarimizdan boshlamog'imiz zarur" - Homidjon domla Ishmatbekov oilaviy ajrimlarning oldini olishga chaqirdi
O'zbekiston Musulmonlar idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov bugungi kunda O'zbekistonda ko'payib borayotgan oilaviy ajrimlarning oldini olish haqida gapirib o'tdi.
"Bugungi suhbatimizda biz aynan adolat buzilayotgan oila haqida suhbatlashamiz. Insoniyatni boshi Odam Ato Momo Havoning oila qurib, o'zidan zurriyot qoldirishidan boshlangan. Bizning sha'riatimiz ham shunga buyuradi. Payg'ambarimiz ham aynan mana shu ishga buyuradi", - deya ta'kidlaydi domla.
"Keyingi vaqtlarda oilalarning dinimiz, shariatmiz ko'rsatmalariga zid holatda, er-xotinlar bir-birini haqqiga xiyonat qilishligi, bir-birlarini zimmasidagi majburiyatlarni astoydil ado etmasligi, balki buni to'g'ri anglab yetmasligi oqibatida kelishmovchiliklar ko'paymoqda. Natijada ajrimlar soni ortib bormoqda. Shu oilalarni gohida saqlab qolish imkoni bo'lmayapti. Bunga sabab esa yoshlarning hali oila qurishga tayyormasligidadir. Biz mana shu masalani chuqurroq anglab ko'rmayapmiz", - deya ta'kidladi Homidjon domla Ishmatbekov.
"Biz oilani mustahkam bo'lishini avvaldan boshlashimiz, ya'ni ota-onalarimizdan boshlamog'imiz zarur. Dinimiz ham bizga aynan mana shuni o'rgatadi. Kelin-kuyov tanlashda ham aynan mana shularga e'tibor berishimiz zarur. Dinimiz oilani har qanday holatda ham asrab qolishga targ'ib qilgan. Agar er-xotin kelisholmasa, oilalar a'zolarini jalb qilib, mana shu oilani saqlab qolishga dinimiz buyuradi", - dedi domla.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda bir oyda qariyb 4 mingta nikohdan ajralish holati qayd etilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30504 | Инструменты