Achinarli raqamlar: O‘zbekistonda bir oyda qariyb 4 mingta nikohdan ajralish holati qayd etildi

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning sentyabr oyida respublika bo‘yicha 3839 ta nikohdan ajralish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 477 taga ko‘paygan.

Hududlar kesimida ajralishlar soni:

— Qoraqalpog‘iston R. – 178 ta;  

— Andijon viloyati – 409 ta;

— Buxoro viloyati – 181 ta;

— Jizzax viloyati – 119 ta;  

— Qashqadaryo viloyati – 210 ta;

— Navoiy viloyati – 110 ta;  

— Namangan viloyati – 354 ta;  

— Samarqand viloyati – 310 ta;

— Surxondaryo viloyati – 219 ta;

— Sirdaryo viloyati – 159 ta;

— Toshkent viloyati – 456 ta;

— Farg‘ona viloyati – 516 ta;

— Xorazm viloyati – 147 ta;

— Toshkent shahri – 471  ta;

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30506 | Инструменты