Huawei 1
Bloger Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

5-mart kuni “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda esa uning o'limiga operatsiya oldidan ko‘p miqdorda narkoz berilgani sabab bo‘lgani va operatsiyasida ishtirok etgan barcha shifokorlar huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyotgan edi

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farxod Mannapovning vafot etganligi yuzasidan tekshirish o‘tkazilib bo'lindi

Qayd etilishicha, holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, ko‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

"Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi", - deyiladi Bosh prokuratura xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122023 | Инструменты