Huawei 2
"Mittivine" taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov vafot etdi

Mittivine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etdi. Bu haqda marhumning yaqin do'stlari o'zlarining Instagram stories'larida ma'lum qildi.

Do‘stlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, boshidan olgan jarohati sabab operatsiya qilingan. Jarrohlik amaliyotidan keyin, 5-martga o‘tar kechasi vafot etgan.

Farhod Mannopovning Instagram'da 1,1 mln obunachisi bo‘lgan. U talantli va aqlli yigit edi. Vaynerlikda did va me’yorni yaxshi his etardi. O'zining samimiy vaynlari bilan ko‘plab insonlarga kulgi ulashgan, obunachilari mehrini qozongan edi. 

Uzreport.news tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga