Bugun, 5-mart kuni “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda esa uning o'limiga operatsiya oldidan ko‘p miqdorda narkoz berilgani sabab bo‘lgani va operatsiyasida ishtirok etgan barcha shifokorlar huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 5-mart kuni 26 yoshli Farhod Mannapov (Mittivine) o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotidan keyin vafot etganligi holati yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv doirasida shifokorlarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
"Farhod Mannapovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122102 | Инструменты