25-mart kuni prezidentning “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori [PQ-122-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qarorga asosan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash hamda bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini ilmiy asoslangan holda o‘rganish uchun Bojxona qo‘mitasi tarkibida Tashqi iqtisodiy faoliyat ilmiy markazi tashkil etiladi.
2026-yil 1-yanvarga qadar Bojxona institutida quyidagi axborot tizimlari joriy etiladi:
2025/2026 o‘quv yilidan:
Dual ta’lim — bu nazariy va amaliy ta’limni birlashtirgan o‘qitish tizimi bo‘lib, talabalar o‘qish jarayonida nafaqat universitetda bilim olishadi, balki ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar yoki muassasalarda amaliyot ham o‘tashadi.
2025-yil 1-iyuldan sug‘urta tashkilotlari bilan bojxona organlari axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilgan holda chegara orqali harakatlanayotgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:
Alpha version: 0.9.1.19 build 60422 | Инструменты