Toshkent shahridagi “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijdan keltirilgan 11 turdagi avto ehtiyot qismlari aslida bir butun holdagi tovar - o‘zi ag‘daruvchi (samosval) tayyor yuk avtotransport vositasi ekanligi fosh bo‘ldi. Bu haqda Bojxona qo'mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar berdi.
Qayd etilishicha, transport vositasini qismlarga ajratib go‘yoki avto ehtiyot qism niqobi ostida olib kirishga urinish orqali yuk egasi 800 mln so‘mlik bojxona to‘lovlarini “tejamoqchi” bo‘lgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent viloyatida fuqaro beliga yashirib, bojxonadan 184 dona dori vositalarini olib o'tmoqchi bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31504 | Инструменты