Huawei 1
Bolalarga nisbatan uyatsiz harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun keng muhokama qilindi.Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internetdan foydalanib, uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. 

Shuningdek, voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlash harakatini bir yil davomida takroran sodir etgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Loyihaning qabul qilinishi bolalarni jinsiy erkinlikka hamda bola savdosiga qarshi jinoyatlardan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga zamin bo‘ladi. Qolaversa, bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar qilmishiga mutanosib jazolanishiga, shuningdek, aliment to‘lamaganlik uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32000 | Инструменты