1. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazing:
Bola oromgohga jo‘natilishidan oldin oilaviy shifokor yoki poliklinika tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
Tibbiy ma’lumotnoma (086-shakl) va epidemik holat haqida guvohnoma olib berilishi zarur.
Yuqumli kasalliklar, allergiyalar, surunkali holatlar haqida tibbiy xodimlarga aniq ma’lumot bering
2. Shaxsiy gigiyena vositalarini tayyorlab bering:
Sovun, tish pastasi, tish cho‘tkasi, sochiq, taroq, hojatxona qog‘ozi, antiseptik gel yoki salfetkalar.
Har qanday dori-darmonlar faqat shifokor ruxsati bilan beriladi!
3. Kiyim-kechak va oyoq kiyimlar:
Ob-havoga mos, yengil va qulay kiyimlar tayyorlang (ertalab, kunduzgi va kechki ob-havo uchun alohida).
Sport kiyimlari, suzish uchun kiyim va shippak.
4. Bolaga tushuntiring:
Oromgohdagi tartib-qoidalarni tushuntiring: gigiyenani saqlash, begona narsalarni olmaydi, keraksiz joylarga chiqmasin.
O‘qituvchilarga, tarbiyachilarga va tibbiy xodimlarga bo‘ysunish kerakligini ayting.
5. Muhim aloqa vositalari:
Agar bola bilan aloqa bo‘lsa, zaryadi to‘liq bo‘lgan telefon va quloqchin.
Aloqa bo‘lmasa, tarbiyachilarning telefon raqamlari bilan bog‘lanish imkoniyatini oldindan aniqlang.
Eslatma: Bolani oromgohga yaxshi kayfiyat, ishonch va mehr bilan kuzatish – uning dam olish davrini yanada mazmunli qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52104 | Инструменты