Huawei 1
Bosh prokuratura energiya nazorati bo'yicha maxsus Telegram-botni ishga tushirdi

Bosh prokuratura tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilinishini oldini olishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus telegram-bot dasturi (@EnergonazoratBot) ishlab chiqildi.

Ma'lum qilinishicha, fuqarolar yashayotgan hududida energetika sohasiga oid biror-bir qonun buzilishiga guvoh bo‘lsa, bu haqda Bosh prokuraturaning maxsus telegram-boti orqali xabar yo‘llashlari mumkin.

Bosh prokuratura o‘z uyi, mahallasiga befarq bo‘lmagan aziz vatandoshlardan, jamoatchilik nazoratida faol ishtirok etilarini, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilayotganligini o‘z vaqtida aniqlashga hissa qo‘shishlarini so'rab qoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72804 | Инструменты