Huawei 1
Boshqirdistonda o‘zbekistonlik erkak suvda cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasida cho‘milish uchun suvga tushgan o‘zbekistonlik erkak cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 iyun kuni Bakalinskiy tumanidagi Galiullinka qishlog‘idagi hovuzdan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 50 yoshli erkakning jasadi chiqarib olingan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan erkak mast holatda bo‘lgan va suzish uchun mo‘ljallanmagan joyda cho‘milgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61900 | Инструменты