Huawei 1
Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?

Adliya vazirligi bu yil qaysi oliy ta’lim muassasalari filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko'ra, 2021/2022 o‘quv yilida:

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.

- Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.

- Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.

- O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi.

- “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimiyo'lga qo'yiladi.

- Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘z faoliyatini boshlaydi.

- Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros ob’yektlarini asrash fakultetlariochiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61400 | Инструменты