Huawei 1
Netanyaxu Germaniya kansleri, Fransiya rahbari hamda Hindiston Bosh vaziri bilan muloqot qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya rahbari Emmanuel Makron hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot qildi. Bu haqda Bosh vazir devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelman o‘zining Telegram sahifasida yozib qoldirdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosh vazir bir qator davlat rahbarlari bilan suhbat qilgan va hozir AQSH rahbari Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatga tayyorlanmoqda. 

“Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Germaniya kansleri, Hindiston Bosh vaziri va Fransiya Prezidenti hamda boshqa jahon yetakchilari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdi. Yaqin vaqt ichida u AQSH Prezidenti Donald Tramp, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan ham vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirmoqda”, deyiladi Gendelmanning xabarida. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan suhbatlar davomida yetakchilar “Eron tomonidan yo‘q qilish tahdidi ostida bo‘lgan Isroil xavfsizligini ta’minlash zaruratini tushunib, unga hamdardlik bildirgan”. Bosh vazir esa yaqin kunlarda ular bilan doimiy aloqada bo‘lishini ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61414 | Инструменты