O‘tgan may oyi nafaqat ekstremal issiq, balki ekstremal quruq bo‘ldi.
Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining ko‘pchilik hududlarida oy davomida yog‘ingarchilik oylik me’yordan 0% dan 10% gacha bo‘lishi kuzatildi.
Respublika shimolida, cho‘l hududlarida va janubida bunday quruq may oylari o‘rtacha 7-9 yilda 1 marta qayd etiladi.
Masalan, Samarqandda yog‘ingarchilik 0,0 mm (o‘tgan may oyida shuncha yog‘gan) bo‘lishi meteorologik kuzatuvlarning deyarli asrlik tarixida atigi 3 nchi–holatdir.
Me’yorga nisbatan eng ko‘p yog‘ingarchilik Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarbda yog‘di – ba’zi joylarda me’yordan 60-80% gacha, Qo‘qon meteostansiyasi hududida esa 103% bo‘ldi. Respublikaning qolgan hududlarida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yorning 20% dan 50% gachani tashkil etdi. Yomg‘irlar, asosan uchinchi o‘n kunligining ayrim kunlarida yog‘di.
Surxondaryo, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari qayd etildi.
Respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim kunlarda kuchayish ba’zida 22-25 m/s ga yetishi kuzatildi.
Respublika cho‘l hududlarida va eng chekka janubida shamolning kuchayishi ba’zida chang-to‘zonlar bilan qayd etildi.
17 may kuni Toshkent shahrida atmosfera fronti zonasida shamol kuchayishi natijasida changli bo‘ron kuzatildi. Kuchli shamol havoga katta miqdorda qum va changni ko‘tardi, bu esa janubiy Qozog‘iston hududlaridan kelgan chang bilan birga ko‘rinuvchanlikni sezilarli darajada yomonlashishiga sabab bo‘ldi.
Poytaxtda havoni kuchli changlanishi ba’zi joylarda soat 22.00 gacha saqlanib turdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61108 | Инструменты