Huawei 1
Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun buyuk shoir, tarixchi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo tavalludiga 538 yil to'ldi.

Bobur o'z asarlari bilan o'zbek adabiyotini va tilini rivojiga, yuksalishiga, soddalashtirishga va jonli so'zlashuv tiliga yaqinlashtirishga munosib hissa qo'shdi. 

O'zbek tili tarixini o'rganishda “Boburnoma” bebaho xazinadir. “Boburnoma” XV - XVI - asrning muhim voqealarini badiiy aks ettirgan prozaning qimmatli namunasidir. 

 “Boburnoma” qomusiy xarakterdagi asarlardan bo'lib, unda ilm-fan, urf-odat, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy etnografik bilimlar mohirlik bilan ifodalangan.

“Boburnoma” jahon adabiyotining nodir, durdona asarlaridan  hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21210 | Инструменты