Huawei 1
Bugundan mahalliy yo‘nalishlarda parvoz qilish uchun pasportning originali shart bo‘lmaydi

1-iyuldan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida ichki reyslar uchun yangi tartib joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar ichki aviaparvozlar uchun aeroportda ro‘yxatdan o‘tishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi Yagona portal sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, faqat Yagona portal sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi joriy ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.

Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/IDning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining “skrinshot"lari qabul qilinmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70118 | Инструменты