Huawei 1
Bugundan O'zbekistondagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi

Bugundan O'zbekistondagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev maʼlum qildi.

6-mart kuni elektr stansiyalar orqali 239 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 1 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 43,5 mln kubometr tabiiy gaz, 20 ming tonna ko‘mir hamda 9 ming tonna mazut yoqildi.

Turkmaniston Respublikasidan 18,4 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi.

Respublika isteʼmolchilariga 227,2 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 7 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi.

Qishning sovuq kunlarida magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketganligi hamda aholi isteʼmolchilarida elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli 6 mart kuni mamlakatimiz bo‘ylab asosan kunning tig‘iz vaqtlarida 800 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lindi.

Gaz bosimining past ekaniga qaramay, 6 mart kuni ham uning isteʼmoli yuqoriligicha qoldi. Kecha mazkur miqdor 147,4 mln kubometrni, rejadagiga nisbatan 10 foiz ko‘pni tashkil qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122520 | Инструменты