Huawei 1
Bukmekerlik faoliyatiga qonun bilan ruxsat etiladi

Oliy Majlis Qonunchlik palatasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi. 

Ushbu qonun loyihasida qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va sug‘urta tashkilotlari faoliyatini tartibga solish hamda ushbu sohalar bo‘yicha vakolatli organ va uning funksiyalari belgilanmoqda.

Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tartibga solish maqsadida mazkur sohani litsenziya asosida amalga oshirish, ushbu o‘yinlarda ishtirok etishi taqiqlangan fuqarolar toifalarini belgilash, o‘yinlarga qaram bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini yuritish, bukmekerlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari kabi qoidalar ko‘zda tutilmoqda.

Muhokamalar davomida deputatlar lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, aholi o‘rtasida bunday o‘yinlar keng tarqalayotganiga alohida e’tibor karatdilar.

Loyihada internet jahon axborot tarmog‘idagi tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning huquqiy jihatdan tartibga solish, o‘yinlarga haddan tashqari qaramligi qayd etiladigan fuqarolarning o‘yinlardagi ishtirokini cheklash mexanizmlarini joriy etish hamda bu borada xorijiy va noqonuniy servislardan foydalanishni cheklashga qaratilgan huquqiy normalarning belgilanayotgani alohida e’tirof etildi.

Deputatlarning fikricha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi kapital va sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, lotoreyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazilishini tartibga solishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты