Huawei 1
“Bunday baho tanlangan yo‘l to‘g‘riligini ko‘rsatadi” — Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning suveren kredit reytingi “ijobiy” darajaga yaxshilangani haqida

S&P Global Ratings xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror” darajadan “ijobiy” darajaga yaxshiladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi

Prezident yordamchisi bunday baho jahon moliya hamjamiyatining O‘zbekistonda prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat berishi hamda tanlangan yo‘l to‘g‘riligini ko‘rsatishini ta’kidladi.

“Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimiz xorijiy investorlar uchun yanada jozibador bo‘ldi, bu esa iqtisodiy o‘sishga xizmat qilmoqda va fuqarolar hayot sifati yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida men har qanday natijani nafaqat saqlab qolish, balki yanada yaxshilash zarur ekanini chuqur his qilaman. Shu ma’noda, barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi va kompleks yondashuvini talab qiladigan katta ishlar hali oldinda”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52416 | Инструменты