Huawei 1
Buxoro aeroportida tarixiy zargarlik buyumlari, ko‘krak nishonlari va tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

"Buxoro aeroporti" chegara bojxona posti va Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlarining o'zaro hamkorligida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqishga urinish bartaraf etildi.

Tafsilotlarga ko‘ra, "Buxoro – Sankt-Peterburg" yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro umumiy qiymati 165 million so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini bojxona xodimining og‘zaki so'rovida ma’lum qilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etmagan.

Natijada, olib chiqish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan jami 37 dona, og‘irligi 226,04 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari hamda tarixiy ahamiyatga ega 16 dona ko‘krak nishonlari va tangalar aniqlanib, ashyo dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar Cartier va Hublot qo‘l soatlarini yashirincha olib o‘tishga uringani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32021 | Инструменты