Huawei 1
Buxoroda 17 yoshli yigit “Binans” platformasida 34 mlrd so‘m pullarni noqonuniy o‘zlashtirgani ma'lum bo'ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik 17 yoshli bola katta miqdordagi kriptovalyutani go‘yoki o‘zi ishlab topganligi uchun javobgarlikka tortilgani haqida xabar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan IIV Axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, jinoyat ishida gumonlanayotgan 17 yoshli Z.M. 7 oy davomida “Binans” platformasida 4 mingdan ortiq 34 mlrd so‘mlik shubhali vositachilik (“virtual valyutchik”lik) operatsiyalarini amalga oshirgan hamda vositachilik haqi undirib kelgan.

Shohruh G‘iyosovning taʼkidlashicha, 34 mlrd so‘m ishlab topilgan “iqtidorli” yigitning daromadi emas, balki tizimdan o‘tkazilgan boshqa bir insonlarning puli bo‘lgan.

Mazkur operatsiyalar tahlil qilinganda Z.M. aylantirgan mablag‘larning aksariyat qismi pensiya, oylik, onlayn kredit kartalaridan kelib tushganligi maʼlum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘lar firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilgan pullarni legalizatsiya qilishga va ularni izini yo‘qotishga qaratilgan harakat ekanligi gumon qilinmoqda. Bunga javobni esa tergov va sud organlari beradi. Aybsizlik prezumpsiyasiga ham to‘liq amal qilinadi.

"Ushbu jinoyat ishi to‘g‘risida chiqishlar qilayotgan ayrim tarmoq foydalanuvchilari o‘z harakatlari bilan jamoatchilikni chalg‘itib, uning xolis tergov qilinishiga xalaqit qilishini oqlab bo‘lmaydi",- deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122017 | Инструменты