Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi
Buxoro viloyati Peshku tumani “Malishoyak” mahallasida yashovchi, 1981-yilda tugʻilgan S.Sh. ismli erkak mahallasidagi oʻzi yashab kelayotgan xonadonda fohishaxona tashkil qilgan hamda begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib kelib, buning evaziga moddiy manfaat koʻrib kelgani aniqlandi.
Jumladan, 2023-yil 6-mart kuni I.H. ismli erkak va H.M. ismli ayolning jinsiy aloqada boʻlishi uchun shart-sharoit yaratib, evaziga 40 ming soʻm miqdoridagi pullarni olib, "mijozlarga" uyni boʻshatib bergan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buxoroda o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan shaxs 3 yilgacha qamalishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72804 | Инструменты