Huawei 1
Buxoroda 9 oyda saksovul butalarini sindirgan fuqarolarga 538 mln so’mdan ortiq  jarima qo'llanildi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan saksovul o’simliklarini kesilishini oldini olish maqsadida viloyatning cho’l hududlarida 9 oy davomida nazorat reyd tadbirlari o’tkazilgan.

Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, 9 oy davomida  60 ta holat aniqlangan Shuningdek, 2 nafar fuqaroga aynan shu holat bo’yicha  takroran huquqbuzarlik sodir etganligi uchun O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi  2-qismi bilan  bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga taqdim etilgan hamda sud qarori bo’yicha javobgarlikka tortilgan.

Holat yuzasidan  huquqbuzar fuqarolarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda  1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 164 900 000 so’m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 373 727 000 so’m hisoblandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91812 | Инструменты