Saida Mirziyoyeva Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan barcha bolalarni tabrikladi.

«Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni so‘zsiz tushunadigan g‘amxo‘r insonlar qurshovida o‘sib-ulg‘aysin.

Hammamizning umr yo‘limiz bolalik bekatidan boshlanadi va biz tuygan ilk zavqli, baxtli lahzalar butun hayotimiz davomida aks sado berib turadi.

15 may kuni «Bola‌larni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi – davlatimiz har bir o‘g‘il-qizning beg‘ubor bolaligi baxtli o‘tmog‘i uchun barcha choralarni ishga solmoqda.

Bolalarni asrab-avaylang. So‘zlariga quloq tuting. Ularni o‘rab turgan atrof-olam shodlikka to‘la bo‘lsin», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты