Huawei 1
Buxoroda farzandini muttasil kaltaklab, qiynab kelgan ayol 3 yilga qamaldi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida farzandini muttasil kaltaklab, qiynab kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Keyinroq Bolalar ombudsmani ayolga nisbatan qo‘shimcha ayb eʼlon qilingani haqida xabar bergan edi.

Bolalar ombudsmani matbuot xizmatining 10-iyun kuni bergan xabariga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, 2-may kuni hukm chiqargan. 

Unga ko‘ra, S.N. JKning 104-moddasi 2-qismi, “v” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Bugungi kunda Shofirkon tumani “Inson” ijtimoiy markazi tomonidan 2018-yilda tug‘ilgan S.F.ga dastlabki tarzda vasiy sifatida B.Z. (ayol) tayinlanib, bola uning qaramog‘iga topshirildi. 

Hozirda vasiylik va homiylik organi tomonidan S.N.ni farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

“Bolalar ombudsmani bolaning kelgusi taqdirini belgilash jarayonlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda”, – deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100723 | Инструменты