Huawei 1
Buxoroda haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro SH.A. 5 nafar fuqaroga goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 2 500 AQШ dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.I. fuqaro M.F.ning ishonchga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 400 AQШ dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 300 AQШ dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90501 | Инструменты