Huawei 1
Buxoroda mast holda mashina boshqargan haydovchi YPX inspektoriga 100 dollar pora berishga urindi

Buxoro viloyatida avtomobilni mast holda boshqargan haydovchi YPX inspektoriga pora berishga uringan vaqtida qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, fuqaro YHXB inspektoriga spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda avtomobil boshqarib, yo‘l harakati qoidabuzarligini sodir etgani yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 100 AQSH dollari miqdorida pora berishni taklif qilgan.

Inspektorning Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisi asosida 6-mart kuni soat 11:40 larda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarma hamda departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Kogon shahrida joylashgan avtomobil maydonchasida fuqaro inspektorga 100 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtida  ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisi pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70709 | Инструменты