Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza ko‘chasi, 7-uy yonida joylashgan yashil hududga fuqaro avtomobilini qo‘yganligi aks etgan videolavha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi inspektorlari tomonidan nazoratga olindi. Tabiiy muhitga zarar yetkazgan va uni tiklash bo‘yicha choralar ko‘rmagan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 95-moddasiga muvofiq BHMning 3 baravari miqdorida jarima qo‘llanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10707 | Инструменты