Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli o‘smir belgilangan tartibda litsenziya olmasdan jami 34 mlrd so‘mga teng bo‘lgan kripto-aktivlarini olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.
Buxoro viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kriptovalyutalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq mazkur holat yuzasidan JKning 278-8-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122705 | Инструменты