Huawei 1
Buxoroda poyezd yuk mashinasi bilan to'qnashdi: haydovchi halok bo'lgan

Joriy yilning 5-sentyabr kuni soat 08:30 lar atrofida Buxoro viloyati Olot tumanida yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashdi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohrux G'iyosov "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi.

Qayd etilishicha, Howo yuk mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60322 | Инструменты