Buxoroda to‘yi bo‘lgan 16 yoshli o‘g‘il va 17 yoshli qizning ota-onalari jarimaga tortildi

Avvalroq, Buxoroda oila qurgan 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning ota-onasiga ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik. 

Bolalar ombudsmanining xabar berishicha, voyaga yetmagan A.A. ning otasi N.S. hamda voyaga yetmagan N.R. ning onasi Q.N. lar nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish (uylantirganlik) uchun MJtK ning 47-3 moddasi 2-qismi (nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgar bo‘lib, tegishli jarimaga tortildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70710 | Инструменты