Buxoro shahrining tarixiy qismida transport vositalarining harakatlanishi cheklanmoqda. Bu haqda ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur joylarga yo‘l harakat xavfsizlik boshqarmasi tomonidan ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Endilikda, bu kabi transport vositalarida harakatni taqiqlovchi yo‘l belgilari bor joyda harakatlanish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Avtomobillarning mazkur hududda harakatlanishiga avtomobillarning qatnovi tarixiy merosga zarar yetkazishi, qolaversa, bu hududda harakatlanayotgan ko‘plab sayyohlar va mahalliy aholi vakillariga xavf tug‘dirishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120500 | Инструменты