Buyuk Britaniya O‘zbekiston uchun ajratgan bo‘sh ish o‘rinlari sonini oshirishi mumkin

Ayni kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari xizmat safari bilan Angliyada bo‘lib turibdi. Masʼullar ish beruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Angliyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarning ish jarayonlari hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Herefordshire shahrida Hops ish beruvchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Angliyaga kelib ishlovchi nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, til o‘rgatish, nomzodlarni saralash jarayonlari xususida suhbatlashildi.

Muloqotda, shuningdek, O‘zbekiston bilan mehnat sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, mamlakat uchun ajratilgan bo‘sh ish o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlanib, kelgusida ayni yo‘nalishda birgalikda ishlashga kelishib olindi. 

Hops kompaniyasi joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 2161 nafar o‘zbekistonlikni Angliyada vaqtincha ish bilan taʼminlagan. 

Bundan tashqari, mutaxassislar ushbu davlatning Herefordshire shahridagi Woodfields fermasida mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan uchrashib, ularning ish faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Samimiy va do‘stona uchrashuvda hamyurtlarni o‘ylantirayotgan masalalar hamda ularning takliflari ham tinglandi. Bugungi kunda Woodfields fermasida 20 nafardan ortiq o‘zbekistonlik yig‘im-terim ishlarida ishtirok etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70522 | Инструменты