Huawei 1
Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaning 25 million dollarlik 3 ta hashamatli uyi musodara qilindi

Firibgarlikka qarshi kurash byurosi (SFO) Buyuk Britaniyadagi Gulnora Karimovaga tegishli uchta hashamatli mulkni musodara qildi. Bu haqda nazorat organi bayonotida aytiladi.

Belgilanganidek, gap Londonning nufuzli Belgravia tumanidagi ikkita kvartira va Surreydagi qasr haqida ketmoqda. Ularning qiymati 20 million funt sterlingdan ortiqroqqa baholanmoqda. 

SFO maʼlumotlariga koʻra, Gulnora Karimova va uning oilasi ushbu mulkni Oʻzbekistondagi korrupsion faoliyatdan tushgan mablagʻ evaziga sotib olgan.

SFO iddao qilishicha, Karimova 2004-2012-yillarda telekommunikatsiya kompaniyalaridan Oʻzbekiston bozoriga kirishda yordam berish evaziga yuzlab million dollar pora olgan.

SFO 2018-yil oktabr oyida Karimovaning Britaniyadagi aktivlarini, jumladan, uchta mulkini musodara qilish bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Agentlik xabariga ko'ra, 8-avgust kuni Buyuk Britaniya Oliy sudi bu da'voni qanoatlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova bir necha yildan buyon O‘zbekistonda jazo muddatini o‘tamoqda. 2020-yil mart oyida Oliy sud uning jinoiy guruh tashkil etish, firibgarlik, davlat mulkini o‘zlashtirish va boshqa jinoyatlarda ayblanib, 13 yil-u 4 oyga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar bergan edi.

Gulnora Karimova bilan bog‘liq Shveytsariya, Fransiya, AQSh va boshqa bir qancha mamlakatlardagi umumiy aktivlari deyarli 1,4 milliard dollarga baholanmoqda. Hukumat ularning bir qismini qaytarishga harakat qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51103 | Инструменты