"CAC Global Summit 2020" onlayn anjumani ish boshladi 22 ta davlatining poytaxtlari va yirik shaharlari boshqaruvchilari ishtirok etmoqda
Unda dunyoning 22 ta davlatining poytaxtlari va yirik shaharlari boshqaruvchilari ishtirok etmoqda.Anjumanning asosiy nuqtasi Koreya poytaxti Seul shahri meriyasi.
Anjumanda dunyo shaharlari boshqaruvchilari o'z tajribalaridan kelib chiqqan holda COVID-19'ni butkul yengish yo'llarini izlash va bu borada global hamjihatlik va hamkorlik tizimini yaratish masalasini atroflicha muhokama qilishlari rejalashtirilgan.
Sammitni anjuman moderatori Tereza Seng'yung Ra ochib berdi.
So'ng Seul shahri meri Pak Vonsun so'zga chiqib, Seulning koronavirus pandemiyasining kelib chiqishi mumkin bo'lgan oqibatlarini hal etishga qarashlari haqida so'z yuritdi. London meri Sodiq Xon esa ularning shahridagi bugungi holat haqida ma'lumot berdi. Merilend okrugi gubernatori Lerri Xogan ham ayni paytdagi vaziyatga to'xtalib o'tdi, Jakarta meri Aniyes Basvidan Jakarta koronavirus pandemiyasidan nimalarni o'rgangani va dunyo shaharlari qanday hamkorlik qilishi kerakligiga to'xtalib o'tdi. Moskva meri Sergey Sobyanin ham Rossiyaning koronavirusga qarshi kurashdagi tajribasi, unga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksina va dorilar, hozirgi vaziyat va natijalar haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, sammitda Bilbao meri Xuan Mari Aburto, Kuala-Lumpur meri Dato Nur Xisham Daxlan, Monreal meri Valeri Plante, Anqara meri Mansur Yavash, Ulan Bator meri Amirsayxan Sainbuyan, Tel-Aviv meri Ron Xulday, Fritaun meri Ivonne Aki Savyer, Kolombo meri Rozi Senanayaki, Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Sharof Rahmonov, Lima shahri meri Xorxe Munyus Vells, Budapesht shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Erjibet Nemet, Dehli shahri bosh vaziri o'rinbosari Deli Manish Sisodiya, Guayakil shahri meri Sintiya Viteri, Kiyev meri Vitaliy Klichko, Afina shahri merining ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari bo'yicha o'rinbosari Emmanuil Kalampokaslar o'z hududlaridagi vaziyat, koronavirusga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va pandemiyadan keyingi davr uchun mo'ljallangan ishlari haqida ma'lumot berib o'tdilar.
Xususan, dunyo shaharlari boshqaruvchilari o'z chiqishlarida pandemiya sababli barcha hududlarda virusning yanada keng tarqalishiga chek qo'yish va ushbu pandemik inqirozni yengib o'tish uchun barcha kuchlarini sarf qilayotganliklarini ta'kidlab o'tdilar. Tajriba kasalliklar chegara va irq tanlamasligini va ularni xalqaro hamjamiyatning kelishilgan hatti-harakatlari orqali yengish, oqibatlarini yumshatish mumkinligini o'rgatganini ta'kidlab o'tdilar.
Sammitning birichi kuni yakunida Seul meri COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda shaharlararo tarmoqni tashkil etishga oid taklifini bayon etdi.
Pan Vonsunning so'zlariga ko'ra, bu borada davlatlararo hamjihatlik nihoyatda zarur. Shundan kelib chiqib, infeksion kasalliklarga tezkor choralarni ko'rish imkoniyatini beruvchi shaharlararo tarmoqni barpo qilish lozim.
Bu esa
* infeksion kasallikni yashirin davrida aniqlab, unga javob choralarini ko'rishda hamkorlik qilish;
* hamkor shaharlar bilan infeksion kasalliklar to'g'risida ma'lumot almashib, birgalikda amaliyot uchun barcha kuchlarni jamlash;
* infeksion kasallik tarqalganidan keyin hamkor shaharlarda insoniy-moddiy resurslarning qo'llab-quvvatlanishini ta'minlash;
* infeksion kasalliklarga qarshi kurashishda ixtisoslashtirilgan tizimni yaratish borasida hamkorlik qilish;
* infeksion kasalliklar sababli vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni yengish uchun erkin shaharlararo harakatlanish va iqtisodiy faolikka ko'maklashish kabi vazifalarni birgalikda bajarishga sharoit yaratadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70708 | Инструменты