Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-oktyabr holatiga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasiga 3 mln 587 ming 100 nafar chet el fuqarolari kelgan.
Ularning eng katta qismi, ya'ni 3 mln 194 ming 700 nafari qarindoshlarini yo'qlash uchun yurtimizga kelishgan.
Undan keyingi o'rinda, dam olish uchun kelishgan. Bu maqsadda qariyb 266 ming 400 kishi respublikaga tashrif buyurgan.
Keyingi o'rinlarda, davolanish maqsadida - 55 ming 400 kishi, turli xizmat maqsadida – 54 ming 100 ming kishi O'zbekistonga kelgan.
Chet elliklardan 12 ming 700 nafari tijorat maqsadida, eng kam foizi ya'ni 3 ming 800 nafarginasi o'qish uchun yurtimizga kelishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51712 | Инструменты