Huawei 1
Chorvachilikning sutchilik tarmog'i jadal rivojlantiriladi

“Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi ishtirokidagi “O'zbekistonning sutchilik sohasida qo'shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-172-son, 14.05.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, “O'zbekistonning sutchilik sohasida qo'shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

—  Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi 100 ta sut yig'ish punktini tashkil etish;

—  865 nafar aholi va dehqon xo'jaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;

—  sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta'minotini ishga tushirish.

Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2025–2031 yillar) etib belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60805 | Инструменты